Biznesingizdagi takrorlanuvchi jarayonlarni yagona tizimga birlashtiring
Leadlar, buyurtmalar, mijozlar, to'lovlar va jamoa vazifalari turli joylarda qolib ketmasin. Biz jarayonlaringizni o'rganib, CRM, integratsiya va individual dastur orqali ularni tartibli boshqaruv muhitiga olib chiqamiz.
- Jarayonlar bitta muhitda
- Mas'ul va statuslar aniq
- Bosqichma-bosqich joriy etish
- CRM
- Sayt
- Telegram
- ERP / ombor
- Analitika
- AI agent
- Jamoa
Sizga qaysi tizimlar kerakligini 3 qadamda aniqlang
Qisqa tanlovlar orqali biznesingizdagi ustuvor jarayonlarni aniqlang. Natija dastlabki yo'nalish bo'lib, yakuniy yechim auditdan keyin belgilanadi.
01Biznesingizni tanlang
02Jamoa hajmi
03Qaysi jarayonlar tartibga muhtoj?
Bir nechtasini tanlash mumkinDastlabki tavsiya
Sizga kerak bo'lishi mumkin
Tanlovlarni belgilang — natija shu yerda darhol yangilanib boradi.
Bu ro'yxat tayyor yechim yoki kafolat emas. Yakuniy tarkib audit paytida jarayoningiz ko'rib chiqilgandan keyin belgilanadi.
Biznesdagi muhim jarayonlarni bog'laydigan tizimlar
Avtomatlashtirish bitta dastur o'rnatish emas. U ma'lumot qayerdan kelishi, kim ishlashi va keyingi qadam qanday bajarilishini bir zanjirga bog'lashdir.
Web-sayt
Saytdan kelgan so'rov va buyurtmalarni yagona oqimga ulash.
CRM tizimi
Lead, mijoz, savdo voronkasi va menejer vazifalarini boshqarish.
Buyurtmalar moduli
Buyurtma holatlari, operator ishlari va ichki jarayonlarni kuzatish.
ERP / ombor
Mahsulot qoldig'i, harakati va ta'minot bilan bog'liq ma'lumotlarni tartibga solish.
Dashboard
Rahbar uchun asosiy jarayonlar va bo'limlar kesimidagi umumiy ko'rinish.
Telegram bot
So'rovlarni qabul qilish, bildirishnoma yuborish yoki mijoz bilan muloqot qilish.
AI agent
Takroriy savollarni dastlabki saralash va jamoaga tezkor yordam berish.
API integratsiyasi
Turli servis va ichki tizimlar o'rtasida ma'lumot almashinuvi.
Mobil ilova
Xodim yoki mijoz uchun kerakli jarayonlarga tezkor mobil kirish.
Computer Vision
Video oqimdan belgilangan obyekt yoki hodisalarni aniqlash.
Analitika
Jarayonlar, so'rovlar va operatsion ma'lumotlarni tushunarli ko'rinishda tahlil qilish.
SEO va Google Ads
Saytga maqsadli so'rov oqimini olib kelish va uni CRM jarayoni bilan bog'lash.
Avtomatlashtirishni jarayondan boshlaymiz
Har bir biznesda ish oqimi boshqacha. Shu sabab avval jarayonni tushunamiz, keyin texnologiyani unga moslaymiz.
- 01
Bepul audit va reja
Mavjud ish tartibi, muammo nuqtalari va ustuvor vazifalarni ko'rib chiqamiz.
- 02
Jarayonlar xaritasi
Lead, buyurtma, xodim, hujjat va ma'lumot oqimini belgilaymiz.
- 03
Yechim arxitekturasi
Qaysi modul, integratsiya yoki individual dastur kerakligini aniqlaymiz.
- 04
UX, texnik topshiriq va prototip
Jamoa ishlatadigan ekranlar, rol va biznes qoidalarini rejalashtiramiz.
- 05
Ishlab chiqish va integratsiya
Modullarni yaratib, mavjud tizimlar bilan bog'laymiz.
- 06
Test, ishga tushirish va rivojlantirish
Jamoa bilan tekshirib, foydalanishga topshirish va keyingi rivojlanish rejasini belgilaymiz.
Har biznesda avtomatlashtiriladigan nuqta boshqacha
Bir biznesga mos kelgan tizim boshqasiga to'liq mos bo'lmasligi mumkin. Biz yechimni sohangiz va ish oqimingizga qarab shakllantiramiz.
HoReCa / restoran / kafe
Buyurtma, mijoz bazasi, xodim vazifalari va hisobotlar uchun yagona boshqaruv muhiti.
Savdo / do'kon
Lead, buyurtma, mahsulot, to'lov va mijoz tarixini bog'lash.
Klinika / xizmat
Qabul, mijoz so'rovlari, xizmat holati va eslatmalarni tartibga solish.
Ishlab chiqarish
Buyurtma, operatsion bosqichlar, material va bo'limlar koordinatsiyasini kuzatish.
Ta'lim / o'quv markazi
O'quvchi murojaati, guruhlar, to'lovlar va kommunikatsiyani boshqarish.
Onlayn biznes
Sayt, Telegram, operator, ombor va yetkazib berish oqimini birlashtirish.
AI yordamida takrorlanuvchi ishlarni yengillashtiring
AI agent murojaatlarni dastlabki saralashi, tez-tez so'raladigan savollarga javob tayyorlashi yoki operatorga kerakli ma'lumotni tez topishda yordam berishi mumkin. U aniq biznes qoidalari va inson nazorati bilan joriy etiladi.
Tarqoq ish oqimidan boshqariladigan tizimga
Oldin — qo'lda
- Murojaatlar turli messenger va jadvallarda qoladi.
- Leadning mas'uli yoki keyingi qadami aniq emas.
- Buyurtma holatini bir nechta joydan tekshirishga to'g'ri keladi.
- Rahbar ma'lumotni qo'lda yig'adi.
- Bir xil ma'lumot bir necha marta kiritiladi.
Keyin — avtomatlashtirilgan
- Murojaatlar yagona oqimda qayd etiladi.
- Har vazifa mas'ul, muddat va status bilan bog'lanadi.
- Buyurtma jarayoni bo'limlar uchun ko'rinadi.
- Dashboard zarur ma'lumotni bir joyda beradi.
- Integratsiyalar takroriy ma'lumot kiritishni kamaytiradi.
Biznesingizdagi qaysi jarayonni avtomatlashtirish mumkinligini aniqlaylik
Qisqa suhbatda savdo, buyurtma, jamoa va hozir ishlatayotgan tizimlaringizni ko'rib chiqamiz. Keyin sizga ustuvor yo'nalishlar va dastlabki yechim xaritasini taklif qilamiz.
Biznes avtomatlashtirish bo'yicha ko'p so'raladigan savollar
Dasturdan emas, jarayondan. Avval murojaat qayerdan kelishi, kim qabul qilishi va ish qanday yopilishini yozib chiqamiz. Shundan keyingina qaysi modul kerakligi ma'lum bo'ladi. Jarayon aniqlanmasdan o'rnatilgan tizim tartibsizlikni tezlashtiradi, xolos.